Mark Ryutte Financial Times nashriga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bo‘lajak muzokaralar haqida fikr bildirdi.
NATO bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, tinchlik muzokaralari bir kun kelib boshlanishidan oldin, alyans Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi va Ukraina tomonini "imkon qadar kuchli" tarafga ega bo‘lishini ta’minlashi kerak.
Ryutte Ukraina mojaroda muvaffaqiyatlarga erishayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, buni hatto AQSh prezidenti Donald Tramp ham Oq uydagi uchrashuvda tan olgan. Shu bilan birga, u Rossiya tomoni tinchlik jarayonida ixtiyoriy ravishda ishtirok etishiga ishonish qiyinligini qayd etdi.