Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya va Ukraina o‘rtasida kimlar vositachi bo‘lishi mumkin?

Rossiya va Ukraina o‘rtasida kimlar vositachi bo‘lishi mumkin?

Ukraina prezidenti Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi rolini faqat AQSH, Xitoy yoki butun Yevropa Ittifoqi o‘z zimmasiga olishi mumkinligini aytdi. Zelenskiyning fikricha, mazkur davlatlar kuchli iqtisodiyot va armiyaga ega.

Ukraina prezidenti, shuningdek, mojaroga barham berish bo‘yicha har qanday takliflar o‘zi ishlab chiqqan «tinchlik formulasi»ga asoslanishi kerakligini ta’kidladi.

"Dunyoda bunday davlatlar ko‘pmi? Ozgina. Menimcha, AQSh shunday davlat, Xitoy va Yevropa Ittifoqi. Faqat bir davlat emas, balki butun Yevropa Ittifoqi", dedi Zelenskiy Varshavada Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Kiritildi: 23:52 08.07.2024. O'qildi: 2266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!