Rossiya Ukraina hududidan 84 nafar harbiy xizmatchisini qaytardi, ularning evaziga Ukraina qurolli kuchlarining (VSU) 84 nafar asir harbiysi topshirildi. Bu haqda 14 aprel, payshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, hozirda rossiyalik harbiylar Belarus Respublikasi hududida bo‘lib, ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Barcha qaytgan xizmatchilar Rossiya Federasiyasiga yetkazilib, Mudofaa vazirligi tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitasiyadan o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, rossiyalik harbiylarni asirlikdan qaytarish jarayonida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) gumanitar vositachilik yordamini ko‘rsatgan.