Davosda Rossiya Prezidentining elchisi Kirill Dmitriyev, AQSh Prezidentining elchisi Stiv Uitkoff va AQSh Prezidentining kuyovi Jared Kushner o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Rossiya OAVlari xabar berishicha, uchrashuv ikki soatdan ortiq davom etgan.
Uitkoff Dmitriyev bilan investisiya va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar yaxshi o‘tganini ta’kidladi.
"Ular juda ijobiy bo‘ldi", dedi u.
Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv konstruktiv bo‘ldi. "Rossiya pozisiyasining to‘g‘riligini tobora ko‘proq odamlar anglab yetmoqda", dedi u.
Dekabr oyi boshida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Amerika delegasiyasini qabul qildi. Tomonlar Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSh tomonidan taklif qilingan tinchlik tashabbusining mohiyatini muhokama qilishdi, ammo murosaga kela olishmadi.