Bu haqida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov malum qildi.
"Pravoslav mamlakatlar urushning asosiy sabablarini muhokama qilish uchun katolik maydonida yig‘ilishi biroz noo‘rin tuyuladi. Chunki urushning asosiy sabablaridan biri Ukraina pravoslav cherkovini yo‘q qilish siyosatidir. O‘ylaymanki, Vatikanning o‘zi uchun ham bunday sharoitda ikki pravoslav davlat delegasiyalarini qabul qilish unchalik qulay bo‘lmaydi", — dedi Lavrov
Shuningdek, u Moskva hozirda mojaroni hal etishga doir memorandum ustida ishlayotganini va mazkur hujjat “tayyorlanish bosqichida” ekanini ta’kidladi.
"Tinchlik kelishuvini imzolash masalasi kun tartibiga chiqqanda, Zelenskiyning legitimligi muhim ahamiyat kasb etadi. Rossiya tinchlik bitimini imzolashdan oldin Ukrainada saylovlar o‘tkazilishini istaydi", — dedi Rossiya TIV rahbari.
Lavrov bu variantni Kiyev nomidan bitimni imzolaydigan shaxsni aniqlash uchun “eng maqbul yechim” deb atadi.