Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya uchun diplomatiya ustuvor emas — Zelenskiy

Rossiya uchun diplomatiya ustuvor emas — Zelenskiy

"Agar Rossiya urushni yakunlamoqchi bo‘lganida, Ukrainaga raketa hujumlari, blekautlar va atom stansiyalarimizga zarar yetkazishga urinish o‘rniga, diplomatiyaga e’tibor qaratgan bo‘lardi", — dedi Ukraina prezidenti murojaatida.

Uning aytishicha, Rossiya razvedkasi tomonidan ma’lumotlari yig‘ilgan ob’ektlar zarbalar berish maqsadida kuzatilgan, bu esa diplomatiya Rossiya uchun muhim emasligini aniq ko‘rsatmoqda.

Zelenskiy buni tan olish zarurligini, urushning asosiy sababi Moskvada ekanini va bundan keyin agressorga bosim o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

U shuningdek, shu hafta Rossiyaga nisbatan yangi bosim va aniq pozisiyani shakllantirish ustida ishlashni davom ettirishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 18:16. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!