Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanini ta’kidlab, Moskva orolning har qanday shakldagi «mustaqilligi»ga qarshi ekanini bildirdi. Bu haqda u 2025 yil yakunlari bo‘yicha TASSga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Lavrovga ko‘ra, Rossiyaning Tayvan masalasidagi prinsipial pozisiyasi o‘zgarmas bo‘lib, u eng yuqori darajada bir necha bor tasdiqlangan. U Tayvan muammosini Xitoy Xalq Respublikasining ichki ishi deb atab, Pekin suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun barcha qonuniy asoslarga ega ekanini qayd etdi.