Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Tergov qo‘mitasi o‘lim jazosini tiklashni taklif qildi

Rossiya Tergov qo‘mitasi o‘lim jazosini tiklashni taklif qildi

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Rossiyada o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun konstitusiyani o‘zgartirish va referendum o‘tkazishning hojati yo‘q — prezident Vladimir Putinning farmoni yetarli bo‘ladi. Siyosatchining fikricha, Rossiyada og‘ir jinoyatlar soni ortib borayotganini hisobga olib, o‘lim jazosiga moratoriyni bekor qilish kerak. U mazkur qaror birinchi navbatda, iqtisodiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilishi kerakligini, chunki davlat mahbuslarni qamoqxonalarda saqlash uchun katta mablag‘ sarflayotganini ta’kidlagan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bir mahkumni saqlash yiliga 30 ming rublga (taxminan 350 dollar) tushadi. U umrbod qamoqda o‘tirganlarning har birini hisoblaganda katta byudjet bo‘lishini qo‘shimcha qilgan. Bu xavfsizlik, koloniyalarning katta sonini saqlash va mahbuslarni davolash hamda oziq-ovqat bilan ta’minlashni o‘z ichiga olishini aytgan. Bastrikin, shuningdek, o‘lim jazosini qaytarish haqidagi taklifini insonparvarlikka intilish bilan izohlagan.

Menimcha, 70, 80, 100 kishini o‘ldirgan manyak o‘lim jazosiga hukm qilinsa, bu juda insoniy harakat bo‘lar edi, — deya u 145 kishi qurbon bo‘lgan Crocus City Hall’dagi teraktni misol qilgan.

Kiritildi: 09:44 29.06.2024. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!