Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya Ruandadan dollar sotib olishni boshladi

Rossiya Ruandadan dollar sotib olishni boshladi

Rossiya Afrikaning Ruanda davlatidan 29 million 210 ming dollar miqdorida naqd dollar sotib oldi.

To‘liq summa 2024 yil yanvar oyida bitta tranzaksiyada sotib olingan. Sotuvchi Ruanda Mudofaa vazirligi, xaridor esa harbiy mahsulotlar savdosi bo‘yicha yagona davlat vositachisi bo‘lgan Rosoboroneksport bo‘lgan.

Bojxona deklarasiyasiga ko‘ra, jo‘natmada 100 AQSh dollari banknotalari bo‘lgan va ularning umumiy og‘irligi 292,1 kg.

Bu 2022 yil mart oyida AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘z banknotalarini mamlakatga yetkazib berishni taqiqlaganidan keyin Rossiyaga olib kirilgan naqd pulning kichik qismidir.

Reuters Rossiya bojxona ma’lumotlariga tayanib yozishicha, ikki yarim yillik urushda Rossiyaga 2,3 milliardga yaqin naqd dollar va yevro olib kirilgan.

Dollarning asosiy yetkazib berilishi Turkiya va BAA orqali amalga oshirilgan. Shu bilan birga, statistik ma’lumotlarda partiyalarning yarmidan ko‘pi kelib chiqqan mamlakat ko‘rsatilmagan.

Kiritildi: 18:36 03.09.2024. O'qildi: 9030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!