Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya rekord miqdorda oltin sotdi

Rossiya rekord miqdorda oltin sotdi

Rossiya o‘tgan yili Buyuk Britaniyaga rekord miqdordagi 5,33 mlrd dollarlik oltin sotdi. Bu haqda Federal bojxona xizmati ma’lumotlarida keltirilgan.

Taqqoslash uchun, Buyuk Britaniya 2018 yilda Rossiyadan 433 mln, 2017 yilda 1,1 mlrd dollarlik oltin sotib olgan.

Ma’lumot berilishicha, sotilgan oltinning barchasi quyma oltin bo‘lib, vazni 12,5 kg atrofida bo‘lgan 9 ming dona yombi yetkazib berilgan.

Buyuk Britaniyadan tashqari yana 12 mamlakat Rossiyadan jami 409 mln dollarlik oltin sotib olgan.

Oltin Rossiyaning Buyuk Britaniyaga eng ko‘p eksport qilingan mahsuloti bo‘lib, u neft mahsulotlari eksportini (3,4 mlrd dollarlik) ham ortda qoldirgan.

Kiritildi: 19:10 28.02.2020. O'qildi: 3919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!