Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya prezidentligiga sobiq nomzod “xorijiy agent” deb topildi

Rossiya prezidentligiga sobiq nomzod “xorijiy agent” deb topildi


Rossiya Adliya vazirligi 2024 yilgi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini ilgari surgan siyosatchi Boris Nadejdinni “xorijiy agent” deb tan oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Qayd etilishicha, shuningdek, reestr jurnalist Yekaterina Voropay, tadbirkor va Arktika turizmi bo‘yicha ekspert Timofey Rogojin hamda “Shtab kandidatov” (“Nomzodlar shtabi”) tashkiloti bilan to‘ldirilgan.

Adliya vazirligi Nadejdinning “xorijiy agent” deb tan olinishiga asos bo‘lgan omillar qatorida ruxsat etilmagan miting va piketlarda ishtirok etishga chaqiriqlarni ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, unga “xorijiy agentlar” kontentini yaratish va tarqatish, “nomaqbul tashkilot” kontentini yaratish, Rossiya rasmiylarining qarorlari va siyosati, shuningdek, Rossiya saylov tizimi haqida feyk ma’lumotlarni tarqatish ayblovlari qo‘yilgan.

2024 yilda Boris Nadejdin “Fuqarolar tashabbusi” partiyasidan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini ko‘rsatgan edi. Markaziy saylov komissiyasi uni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘plangan imzolarning 15 foizdan ortig‘ini haqiqiy emas deb topgan va uni ro‘yxatga olishni rad etgan edi. Ushbu qaror sud tomonidan ham o‘z kuchida qoldirilgan.

Kiritildi: 21:51 11.07.2026. O'qildi: 2813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!