Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya keng ko‘lamli kiberhujumga tayyorlanmoqda

Rossiya keng ko‘lamli kiberhujumga tayyorlanmoqda

Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari, jumladan, AQSH, Fransiya va Germaniya Rossiya harbiy razvedkasi tomonidan muvofiqlashtirilayotgan zararli kiberoperasiya haqida birgalikda ogohlantirish bilan chiqdi. Kampaniya maqsadlari, jumladan, Ukrainaga yordam ko‘rsatuvchi tashkilotlardir.

"Rossiya harbiy razvedkasi tomonidan olib borilayotgan bu zararli kampaniya maqsadli tuzilmalar, jumladan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etayotganlar uchun jiddiy tahdiddir," dedi Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi (NCSC) operasiyalar direktori Pol Chichester. Uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirgan.

NCSC ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar, shuningdek, NATOga a’zo bir qator mamlakatlarning logistika va texnologiya sohalarida ishlaydigan kompaniyalari, mudofaa korxonalari, IT-kompaniyalari, dengiz portlari, aeroportlari va havo harakatini boshqarish tizimlariga qaratilgan.

Ogohlantirish xavflarni kamaytirish uchun darhol harakat qilish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. "Biz tashkilotlarga o‘z tarmoqlarini himoya qilishni ta’minlash uchun hujjatda keltirilgan tahdid va javob choralari haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘qib chiqishni qat’iy tavsiya qilamiz," - deya qo‘shimcha qildi Chichester.

Kiritildi: 09:12 22.05.2025. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!