Hindistonning o‘z valutasiga joriy qilgan cheklovlari sabab Rossiya neft savdosidan tushgan rupiya hisobidagi milliardlab dollarlarni olib chiqib keta olmayapti. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Hindiston banklarida har oy Rossiya neft kompaniyalari rupiya hisobida 1 mlrd dollar to‘plamoqda. Hozircha muammoni hal qilishning yo‘li topilmayapti, olib bo‘lmas pullar hajmi esa tobora ko‘paymoqda.