Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya fuqaroligiga ega migrantlar Rossiyani tark eta olmaydi

Rossiya fuqaroligiga ega migrantlar Rossiyani tark eta olmaydi

Rossiyaga ishlash uchun kelgan va oxir-oqibat Rossiya fuqaroligini olgan Markaziy Osiyo davlatlarining fuqarolari safarbarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga bo‘ysundirilganligi sababli Rossiyadan chiqib, vataniga qaytishi mumkin emas.

Qirg‘iziston va Tojikistonning Rossiya pasportiga ega fuqarolari «Ozodlik» radiosiga Rossiya chegarasini tark eta olmasligini aytishdi. Ular safarbarlik ro‘yxatiga kiritilgan, shuning uchun Rossiyada qolishlari lozim. Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan do‘stlari mamlakatni bemalol tark etgan.

Bu davlatlar hukumatlari bunday vaziyatlarda muhojirlarga yordam bera olmasligidan ogohlantirmoqda, chunki ular allaqachon Rossiya fuqaroligini olgan va o‘z majburiyatlarini bajarishi kerak.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin avvalroq Markaziy Osiyo respublikalarining 550 ming fuqarosi Rossiya fuqaroligini olganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 14:30 23.01.2023. O'qildi: 4554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!