Rossiya bilan “qo‘shni sifatida” muloqot qilish zarur — NATO sobiq bosh kotibi.
Yens Stoltenberg so‘zlariga ko‘ra, Moskva bilan suhbatda birinchi navbatda Ukrainadagi harbiy harakatlarni yakunlash masalasi muhokama qilinishi lozim.
Stoltenberg Spiegel nashriga bergan intervyusida bu borada AQSh tajribasiga o‘xshash yondashuvni qo‘llash kerakligini qayd etgan. Shuningdek, u kelgusida yangi xavfsizlik arxitekturasini yaratish uchun ham aloqalar zarur bo‘lishini bildirib, avvalgi tizim o‘z kuchini yo‘qotganini aytdi.