Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya ayrim xorijliklar uchun mamlakatga kirishni yengillashtirdi  

Rossiya ayrim xorijliklar uchun mamlakatga kirishni yengillashtirdi  

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin biznes va diplomatik missiyalar iltimosiga ko‘ra Rossiyada ishlash huquqiga ega yuqori malakali xorijliklar uchun mamlakatga kirishni yengillashtirdi.  

Endilikda xorijiy mutaxassislar alohida ro‘yxat asosida Rossiyaga bir marta kirishlari mumkin bo‘ladi. Bu ro‘yxatni xorijiy mutaxassislarni ishga yollagan tashkilot yoki xizmatlar buyurtiruvchisini nazorat qiluvchi tegishli vazirlik Federal xavfsizlik xizmati yoki ichki ishlar vazirligiga jo‘natishi lozim. Bunda xorijiy mutaxassisning Rossiyaga kelishi sanasi va u chegaradan o‘tadigan punkt ko‘rsatilishi lozim. Mutaxassisning yonida ish beruvchi bilan amaldagi mehnat shartnomasi bo‘lishi kerak.

Rossiya koronavirus pandemiyasi sababli mart o‘rtalaridan xorijliklarning kirishini taqiqlab qo‘ygandi. Shundan keyin mashinasozlik kompaniyalari va oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari mutaxassislar yetishmovchiligi muammosiga duch kelishgan.

Aprel oxirida Rossiya hukumati murakkab texnik qurilmalarga servis xizmat ko‘rsatuvchi va ularni o‘rnatuvchi xorijiy muhandislar uchun mamlakatga kirishga taqiqlovni bekor qilgan. Biroq yirik biznes vizalar va ishlashga ruxsatnomalarning rasmiylashtirishidagi murakkabliklardan shikoyat qilgan.   

Avvalroq, iyun boshida Rossiyada davolanmoqchi bo‘lgan xorijliklarga mamlakatga kirishga ruxsat berilgan. Shuningdek, bemor bo‘lib qolgan yaqin qarindoshlarini parvarishlashi kerak bo‘lganlarga ham kirishga taqiqlov olib tashlangan. 

Kiritildi: 08:21 28.06.2020. O'qildi: 3249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!