Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Armanistondagi chegarachilar sonini ko‘paytirdi

Rossiya Armanistondagi chegarachilar sonini ko‘paytirdi

Rossiya Armanistonning chegaralarini kuchaytirish va Ozarbayjon bilan Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha tinchlik o‘rnatilishini ta’minlash uchun Armanistonga o‘zining qo‘shimcha kuchlarini yubordi, deya xabar berdi juma kuni Federal xavfsizlik xizmati rahbari.

“Qo‘shimcha askarlarning yuborilishi Armanistonning Tog‘li Qorabog‘da tinchlikni saqlab qolish iltimosiga binoan amalga oshirildi” dedi Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan videomuloqotda.

Unga ko‘ra, Rossiya Armanistonga 188 ta harbiy xizmatchi, shuningdek, harbiy texnikalarni yuborgan.

Bundan avval, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi olti hafta davom etgan janglar to‘xtatilib, tinchlik bitimi tuzilgach Rossiya Tog‘li Qorabog‘ga 2000 ga yaqin askarini kiritgandi. Ular bu yerda 5 yil qolishadi.

Ma’lumot uchun, Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin Rossiya va Armaniston 1992 yilda harbiylar bo‘yicha shartnoma imzolashgan. Unga ko‘ra, Rossiya chegarachilari Armanistonda qoldi va shundan beri u yerda faoliyat ko‘rsatishmoqda

Kiritildi: 09:40 22.11.2020. O'qildi: 2216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!