Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya AQShga jiddiy maslahat berdi

Rossiya AQShga jiddiy maslahat berdi

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti qoshidagi Global hamkorlik markazining "Rossiya dezinformasiyasining ustunlari" haqidagi hisobotini nashr etish orqali Rossiyaning rasmiy sohalardagi hamkorlikni tiklash bo‘yicha takliflaridan e’tiborni tortishga harakat qilmoqda.

"Ushbu hisobot butun dunyo xavfsizligiga bog‘liq bo‘lgan muhim sohalarda hamkorlikni qayta tiklash bo‘yicha Rossiyaning rasmiy takliflarini yo‘q qilishga urinishdir", — deyiladi Rossiya elchixonasining Facebook'dagi sahifasida.

Rossiya diplomatlariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti muqobil ma’lumot manbalarining mavjudligini yoqtirmaydi.

"Ularni obro‘sizlantirish uchun jiddiy manbalar ishlatilgan. Vashingtonga qarshi bo‘lgan har qanday ovoz Kreml va Rossiya maxsus xizmatlarida "dezinformasiya" deb e’lon qilingan", — deyiladi elchixona bayonotida.

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Davlat departamenti amaldorlariga Kreml, hukumat va Rossiya tashqi ishlar vazirligi sahifalariga obuna bo‘lishni va Rossiya borasidagi rasmiy ma’lumotlarni faqat shu sahifalardan olishni maslahat berdi.

Kiritildi: 08:20 06.08.2020. O'qildi: 7118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!