Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya 9 maydagi G‘alaba paradini nishonlashga haqli emas — Chexiya

Rossiya 9 maydagi G‘alaba paradini nishonlashga haqli emas — Chexiya

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tarixni ataylab buzib ko‘rsatishda davom etmoqda. Bu haqda 9 may kuni Chexiya bosh vaziri Petr Fiala ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 9 may kuni G‘alaba paradidagi nutqida Rossiya rahbari “yolg‘on ma’lumot tarqatishda davom etgan va tarix hamda bugungi kunni ataylab buzib ko‘rsatgan” (Rossiyaning Ukrainadagi asossiz tajovuzi). Shu bilan birga, u Putinning so‘zlari “G‘arbning tajovuzkorga qarshi birlashgan va g‘ayratli harakatlari muhimligini tasdiqladi”, deb hisoblaydi.

O‘z navbatida, Chexiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Yan Lipavskiy Rossiya Ikkinchi jahon urushidan keyin ishlab chiqilgan BMT Nizomini buzganini va shuning uchun uning yakunini nishonlashga ma’naviy huquqi yo‘qligini aytdi.

Kiritildi: 12:06 10.05.2022. O'qildi: 5630 marta. Fikrlar soni: 21 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!