Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu harakat qiladigan «An-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan xayrlashganini ma’lum qildi.
«U qiyinchilikni bo‘yniga olib keldi va bizni chempion sifatida tark etmoqda. «An-Nasr» uchun qilgan barcha ishlaring uchun rahmat, Jezush... Sen doimo muxlislarning sevimlisi bo‘lib qolasan», — deyiladi klubning «X» ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida.
Avvalroq Jezush chempionlikdan so‘ng jamoani tark etishini e’lon qilgan edi. «An-Nasr» 86 ochko jamg‘arib, Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi. Qayd etish lozimki, jamoa hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatida ilk bor Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi.