“Yuventus” safida debyut o‘yinini o‘tkazgan Krishtianu Ronaldu biroz omadsiz o‘yin o‘tkazdi. O‘yindan oldin turinliklarni terlatishga va’da bergan “Kevo” klubi murabbiysi va’dasini bajardi.
A seriya oson emas. Ronaldu shuning uchun ham mazkur chempionatni tanlagan. Krishtianuning debyut o‘yinidayoq “qurbon”i paydo bo‘ldi, faqat Ronaldu bunga gol urish orqali emas, jarohat yetkazish orqali erishdi. Ayni damda “Kevo” posbonining qachon tiklanishi noma’lum.