Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ronaldu yana "An-Nasr"ga yordam berolmaydi

Ronaldu yana "An-Nasr"ga yordam berolmaydi

«An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu navbatdagi o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli forvard Saudiya Arabistoni Chempionlar kubogidagi "Ad-Diriya"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Bu haqda Al Nassr Zone saudiyalik ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, mavsumning ilk turida "Al-Fateh"ga qarshi chempionat uchrashuvida ham portugaliyalik yulduz jamoa ro‘yxatiga kiritilmagandi. Shunga qaramay, "An-Nasr" o‘yinni ishonchli tarzda 3:0 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan.

Iyul oyidan buyon Riyod klubini avstraliyalik mutaxassis Ange Postekoglu boshqarmoqda. U o‘tgan mavsum yakunlangach jamoani tark etgan Jorje Jezush o‘rnini egallagan.

Kiritildi: 14:15 18.08.2026. O'qildi: 2142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!