One Football loyihasi jurnalistlari 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi yoshi katta futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqishdi. Ushbu jamoa quyidagicha ko‘rinish olgan:
Darvozabon: Gordon (Shotlandiya, 43 yosh).
Himoyachilar: Rim (AQSH, 38 yosh), Boksoll (Yangi Zelandiya, 37 yosh), Otamendi (Argentina, 38 yosh), Nagatomo (Yaponiya, 39 yosh).
Yarim himoyachilar: Gueye (Senegal, 36 yosh), Vitsel (Belgiya, 37 yosh), Modrich (Xorvatiya, 40 yosh).
Hujumchilar: Messi (Argentina, 38 yosh), Ronaldu (Portugaliya, 41 yosh), Jeko (Bosniya va Gersegovina, 40 yosh).
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati startiga oz qoldi — turnir 11 iyun kuni boshlanadi. Musobaqaga uchta davlat — AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi. O‘tgan Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.