Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu Italiyada o‘z hayoti uchun xavfsiramoqda

Ronaldu Italiyada o‘z hayoti uchun xavfsiramoqda

«Yuventus» klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklar klubi rahbariyatdan uch tansoqchini yollashni so‘radi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi Gran Mardedagi villasiga taklif qilinmagan mehmonlar kirib kelishidan cho‘chimoqda.

Tansoqchilardan biri villani, yana biri futbolchining oilasini, uchinchisi esa hujumchining o‘zini qo‘riqlashi lozim.

Xabarda aytilishicha, «Kyevo» — «Yuventus» o‘yinidan avval aksilterror bo‘linmalar xavfsizlikni ta’minlashga jalb etilgani Ronalduning xavotirlariga sabab bo‘lgan.

Ronaldu «Yuventus»ga shu yilning yozida 112 million yevro evaziga «Real» safidan kelib qo‘shildi.

Rossiyadagi jahon chempionati arafasida Ronalduning xavfsizligini ta’minlash uchun aralash usullar bo‘yicha jangchi Gonsalo Salgado va sobiq desantchi Nuno Marekos jalb etilgandi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 07:45 02.09.2018. O'qildi: 2027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!