Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ronaldinyoning o‘g‘li "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi

Ronaldinyoning o‘g‘li "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi

Katalon jamoasi sobiq yulduzi Ronaldinyoning o‘g‘li bilan shartnoma imzolash arafasida.

Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, braziliyalik mashhur sobiq futbolchining o‘g‘li Joao Mendesh hozirda "Barselona" yoshlar jamoasi ko‘rigida qatnashmoqda. Braziliyalik sobiq futbolchi klub uning o‘g‘lini o‘z safiga qo‘shib olishini tasdiqlagan.

"Barselona" o‘g‘lim Joao bilan shartnoma imzolashini tasdiqlayman. "Barsa" hayotimning bir qismi bo‘lgan, endi bu o‘g‘lim sababli yana davom etadi", - deydi Ronaldinyo RAC1 bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, 42 yoshli sobiq futbolchi faoliyati davomida 2003-2008-yillar davomida Kataloniya klubi sharafini himoya qilib, 145 o‘yinda 70ta golga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 09:17 08.02.2023. O'qildi: 2229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!