Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rivojlangan mamlakatlarning COVID-19 vaksinalarini sotib olish bilan «ovora»ligi jiddiy muammoga sabab bo‘lishi mumkin

Rivojlangan mamlakatlarning COVID-19 vaksinalarini sotib olish bilan «ovora»ligi jiddiy muammoga sabab bo‘lishi mumkin

Qashshoqlikka qarshi kurashish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha  «ONE Campaign» tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar o‘z aholisini emlash uchun talab qilinadigan miqdordan ancha ko‘proq vaksinalar sotib olishmoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yaponiya allaqachon 3 milliarddan ortiq dozada COVID-19 vaksinalarini sotib olishgan, bu ularning ehtiyojlaridan 1 milliardga oshiqdir. 

Bunday holat esa boshqa mamlakatlar uchun vaksinalardan foydalanish imkoniyatini cheklashga olib keladi, pandemiya muddatini uzaytirishi mumkin, chunki milliardlab odamlar koronavirus infeksiyasidan himoyasiz qoladi.

Kiritildi: 22:18 19.02.2021. O'qildi: 1500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!