Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Risar Rolandning afsonaviy qilichi o‘g‘irlandi

Risar Rolandning afsonaviy qilichi o‘g‘irlandi

"Fransuz Eksalibur" deb ham ataladigan sirli Durendal qilichi bir paytlar Rokamadurdagi 9,7 metrlik qoyaga sanchilgan edi. Ob’ekt deyarli 13 asr davomida o‘z o‘rnida bo‘lgan, qoya qilich tufayli diqqatga sazovor joy hisoblangan. Ishonchliligi uchun qilich zanjir bilan toshga biriktirilgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra qilichni o‘g‘irlab ketishgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Durandalning sehrli kuchlari haqidagi afsona XI asrning klassik o‘rta asr adabiy asari "Roland qo‘shig‘i"da mavjud. Asarda aytilishicha, qilich sayyoradagi eng o‘tkir, tosh bloklarini osongina kesib o‘tadi va uni sindirish mutlaqo mumkin emas edi.

Afsonaga ko‘ra, qurol osmondan kelgan farishta tomonidan Karlning o‘ziga sovg‘a qilingan, shundan so‘ng u hukmdorning jiyani Rolandga tegishli bo‘lgan. Qilichning sopi havoriy Pyotrning tishi, shuningdek, bir qancha avliyolarning sochlari va qonlari bilan qoplangan.

Shu bilan birga, Roland Ronseva dovonida sarasenlar bilan jangda mag‘lub bo‘lgan. Dushman qilichni qo‘lga kiritmaslik uchun uni sindirishga harakat qilgan. Bu urinish risar uchun yana bir fiasko bo‘lgan. Keyin u qilichni uloqtirga. Bir necha kilometrlarni bosib o‘tgan qilich, Rokamadurdagi toshga sanchilib qolgan.

Shahar meri Dominik Lenfantning so‘zlariga ko‘ra, shahar aholisi asrlar davomida o‘zlarining kichik vatanlarining bir qismi bo‘lgan yodgorlik yo‘qolganidan afsusda.

Kiritildi: 15:56 08.07.2024. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!