Restling tarixidagi eng mashhur sportchilardan biri, 17 karra jahon chempioni Jon Sina ringdagi 23 yillik faoliyatini rasman yakunladi.
U o‘zining so‘nggi jangini mag‘lubiyat bilan tugatdi: og‘riqli usuldan so‘ng taslim bo‘ldi va shu tariqa professional restling bilan xayrlashdi.
Jon Sina bilan ommaviy tarzda ikki mashhur afsona — «Grobovshik» (The Undertaker) hamda Dueyn «Skala» Jonson xayrlashdi. Ular uning sportga qo‘shgan ulkan hissasi va butun bir avlod uchun namuna bo‘lganini alohida ta’kidlashdi.
Shu tariqa butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar kamol topgan, butun bir davr o‘z nihoyasiga yetdi.