Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rekord yangilandi: 78 yoshli surxondaryolik otaxon talaba bo‘lmoqchi

Rekord yangilandi: 78 yoshli surxondaryolik otaxon talaba bo‘lmoqchi

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga Surxondaryo viloyati, Angor tumani, “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1941 yil 13 aprelda tavallud topgan fuqaro Mamatqul Berdialiyev hujjat topshirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mamatqul bobo hali bardam ekanligini ta’kidlar ekan, birinchi yo‘nalish sifatida “Mevachilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishi”ni, ikkinchisi “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, uchinchi esa “Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish" yo‘nalishlarini tanlashini aytib o‘tdi. Mamatqul Berdialiyev kelgusida oliy ma’lumotga ega bo‘lib, uzoq yillar xalqimizga xizmat qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shish niyatida.

Bundan avval, 72 yoshli abituriyent – Xoliqov Toshtemir Asqarovich Farg‘ona davlat universitetining kunduzgi bo‘limida o‘qish uchun hujjat topshirgan edi. U 1947 yil 10 yanvarda tug‘ilgan va Quva tumanida istiqomat qiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilda respublika Oliy ta’lim muassasalariga abituriyent sifatida ro‘yxatga olinayotgan 50 yoshdan oshgan fuqarolar soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bunga sabab bu yildan boshlab, yoshga doir cheklovlarning amal qilmasligi bo‘ldi.

Kiritildi: 10:20 11.07.2019. O'qildi: 1961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!