Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

«Real» yulduzini 120 million yevroga sotishdan bosh tortdi

«Real» yulduzini 120 million yevroga sotishdan bosh tortdi

Madridning «Real» klubi «Manchester Yunayted»ning Orelyen Tchuameni transferi bo‘yicha taklifini rad etdi. Bu haqda Defensacentral xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» fransiyalik futbolchi uchun 120 million yevro taklif qilishgan, ammo rad javobini olishgan. «Real» Tchuamenini jamoada olib qolishga va u bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirishga qaror qildi.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli Tchuameni barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol urgan va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Orelyen Tchuamenining «qirollik klubi» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:36 11.07.2026. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!