Madridning «Real» yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga Chempionlar ligasi 1/4 final javob o‘yinida «Bavariya»ga qarshi uchrashuvdan (1:2) keyingi xeyterlikka munosabat bildirdi.
86-daqiqada u hujumchi Xarri Keyn bilan vaziyatda qoidabuzarlik qildi va hakam Slavko Vinchich unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatdi.
Kamavinga o‘z izohida shunday dedi:
«Qizil kartochka? Yomon xotira. Bu kutilmagan holat edi, men umuman bunday bo‘lishini o‘ylamagan edim. Bu menga ta’sir qildi, lekin bu futbolchining hayotining bir qismi. Rostini aytsam, sodir bo‘lgan voqeadan keyin ijtimoiy tarmoqlardan to‘liq voz kechdim. Menimcha, ijtimoiy tarmoqlarsiz yaxshiroq bo‘lamiz. Futbol xatolarni kechirmaydi. Sen 10 ta yaxshi o‘yin o‘tkazishing mumkin, lekin bitta xatodan keyin odamlar uni unutadi.
Jamoadoshlarim darhol kiyinish xonasiga kelib meni qo‘llab-quvvatlashdi. Ular bu mening aybim emasligini va hakam xatosi bo‘lganini aytishdi. Men ham buni shunday qabul qildim. Hatto keyingi kuni klub ham menga bu mening aybim emasligi haqida xabarlar yubordi», — dedi Kamavinga.