Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

“Real”da Rodrining transferiga kim qarshi chiqqani ma’lum bo‘ldi

“Real”da Rodrining transferiga kim qarshi chiqqani ma’lum bo‘ldi

"Qaymoqranglilar" tarkibida ispaniyalik yarim himoyachini hamma ham ko‘rishni istamagan.

Avvalroq “Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyu Madrid klubi Rodri bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqqanini tasdiqlagandi. Biroq yakunda yarim himoyachi yaqindagina uni rasman yangi o‘yinchi sifatida tanishtirgan “Barselona”ni tanladi.

Shunday bo‘lsa-da, jurnalist Kim Domenek “El Chiringuito de Jugones” efirida ta’kidlashicha, Bernardu Silva “Manchester Siti”dagi sobiq jamoadoshining Madridga kelishiga qarshi bo‘lgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchilarning Angliyadagi birgalikdagi faoliyati davomida ular o‘rtasidagi munosabatlar unchalik yaxshi bo‘lmagan. Ayniqsa, ularning “shaharliklar” safidagi faoliyati yakuniga yaqin munosabatlar yanada taranglashgani aytilmoqda.

Aynan shu sababli hozirda “Real” sharafini himoya qilayotgan Silva Rodri bilan yana bir jamoada bo‘lish istiqboliga unchalik ijobiy qaramagan.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi 2026 yilning 17 iyunida “Real” a’zosiga aylangandi. Yarim himoyachi madridliklar bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan 2 yillik shartnoma imzolagan.

Kiritildi: Bugun 16:06. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!