Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Dani Karvaxal hozir erkin agent hisoblanadi va Ispaniya La Ligasining klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.
34 yoshli himoyachi «Xetafe»ga o‘tish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar yaqin bir necha kun ichida kelishuvni rasmiylashtirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Daniel o‘tgan yozda «Real»ni tark etgan. U 2013 yildan buyon «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelgan.
Ispaniya chempionatining 7 turidan so‘ng «Xetafe» 8 ochko to‘plagan va jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi uchrashuvni 10 oktyabr kuni safarda kataloniyalik «Barselona»ga qarshi o‘tkazadi.