Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Rasman! Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlari tugadi

Rasman! Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlari tugadi

Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons Tokiodagi XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarini yopiq deb e’lon qildi.

Musobaqa davomida to‘rt mingdan ortiq sportchi 539 medallar to‘plami uchun kurash olib bordi.

Marosim paytida Parsons Paralimpiya bayrog‘ini ramziy ravishda Parij meri Ann Idalgoga topshirdi, shundan so‘ng u o‘yinlarning yuqori sifatli o‘tkazilganligi uchun tashkilotchilarga, ishtiroklari uchun sportchilarga minnatdorchilik bildirdi, so‘ngra Paralimpiadani rasman yopiq deb e’lon qildi.

Keyingi yozgi Paralimpiya o‘yinlari 2024 yil 28 avgustdan 8 sentyabrgacha Parijda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:39 05.09.2021. O'qildi: 3845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!