Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rasman: "Barselona" "Arsenal" hujumchisini xarid qildi!

Rasman: "Barselona" "Arsenal" hujumchisini xarid qildi!

"Barselona" "Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezusni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. 29 yoshli braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 2029 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" transfer uchun "Arsenal"ga 10 mln yevro kafolatlangan mablag‘ to‘laydi. Bitimda yana 4 mln yevrogacha bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, londonliklar Jezus kelajakda boshqa klubga sotilsa, transfer summasining 20 foizini olish huquqini saqlab qolgan.

Jezus "Arsenal"ga 2022 yil yozida "Manchester Siti"dan o‘tgan edi. U London klubidagi faoliyati davomida barcha musobaqalarda 120 dan ortiq uchrashuv o‘tkazib, 30 dan ziyod gol urdi. So‘nggi yillarda jarohatlar uning muntazam o‘yin amaliyotiga ta’sir qildi.

Kiritildi: 18:34 01.09.2026. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!