Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Rasman: Argentinalik jahon chempioni «Chelsi»ga o‘tdi

Rasman: Argentinalik jahon chempioni «Chelsi»ga o‘tdi

Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines «Aston Villa»ni tark etib, «Chelsi» safiga qo‘shildi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

33 yoshli golkiper «Chelsi» bilan 2028 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘klar» tajribali darvozabon transferi uchun taxminan 8,8 million yevro to‘lagan. Futbolchining o‘zi ham anchadan buyon faoliyatida yangi chaqiruvni qabul qilish istagida edi.

Martines «Aston Villa» safida 2020 yildan buyon to‘p tepib kelayotgandi. U Birmingem klubiga «Arsenal»dan ko‘chib o‘tgan.

Argentinalik darvozabon «Aston Villa» tarkibida 256 ta uchrashuv o‘tkazib, 305 ta gol o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, 80 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Martines ushbu davr mobaynida Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi va France Football talqini bo‘yicha ikki marta yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Kiritildi: 15:03 30.08.2026. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!