"Andijon" jamoasining oxirgi o‘yinlardagi muvaffaqiyatsiz natijalaridan so‘ng bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Aleksandr Xomyakov iste’foga chiqdi.
"Yangi bosh murabbiy tayinlangunga qadar jamoamizni vaqtincha Artyom Petrosyan boshqarib turadi.
Aleksandr Andreevichga jamoamizda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz", - deyiladi klub bayonotida.