Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ramzan Qodirovning so‘zlaridan so‘ng chechenistonlik o‘smir kechirim so‘radi

Ramzan Qodirovning so‘zlaridan so‘ng chechenistonlik o‘smir kechirim so‘radi

Moskvada jamoat transportida bezorilik qilgan chechenistonlik o‘smir Ramzan Qodirovning so‘zlaridan keyin kechirim so‘radi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ushbu ko‘ngilsiz voqea 1 kun oldin sodir bo‘lgan edi. Moskva avtobuslaridan birida Chechenistonlik o‘smir qarama qarshi o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchilardan “Axmat sila” deyishni talab qilgan va ularga qarata bo‘sh alyumin banka uloqtirgan edi.

Ushbu videorolik internetda tarqalganidan so‘ng, Ramzan Qodirovning juda qattiq jahli chiqqan va u chechenistonlik talabadan darhol, birinchi reys bilan Grozniyga qaytib ota-onasi bilan uning huzuriga kelishini talab qilgan edi.

“Qayerda bo‘lsang ham zudlik bilan, birinchi reysda Grozniyga yetib kelishingni va ota-onang bilan birga meni oldimga kelishingni talab qilaman. Senda bir necha soat vaqt bor xolos. Aks holda qattiq pushaymon bo‘lasan”, - degan edi Ramzan Qodirov.

Shu bilan bir vaqtda Qodirov  jabr ko‘rgan yo‘lovchilardan kechirim so‘ragan va bu o‘smirning xulq-atvori chechen millatiga mos emasligini aytgan edi.

Bundan biroz oldin Ramzan Qodirov Moskvada o‘qiydigan Chechenistonlik talabalar xulq-atvori buzulgan holda vataniga qaytarilishini aytgan edi.

 

Kiritildi: 18:38 11.10.2018. O'qildi: 1588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!