Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Ramzan Qodirov Zelinskiyga: "Sizdan hafsalam pir bo‘ldi"

Ramzan Qodirov Zelinskiyga: "Sizdan hafsalam pir bo‘ldi"

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Ukraina yangi prezidenti Vladimir Zelenskiydan hafsalisi pir bo‘ldi. Bunga Zelenskiyning Qrimni Kiyev nazorati ostiga qaytarilishi haqidagi so‘zlari sabab bo‘ldi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

“Siz haqingizda boshqa fikrda edim. Omadli, tajribali va mashhur shoumen dono va sog‘lom fikrli siyosatchi bo‘ladi deb o‘ylagandim, siz esa darhol o‘zganing mulkiga ko‘z olaytirdingiz. Yaxshi qo‘shnilar bunday qilmaydi. Sizdan hafsalam pir bo‘ldi”, - deya yozgan Checheniston rahbari.

Qodirovning fikriga ko‘ra, Zelenskiy va uning kelajakdagi davomchilari  Qrim Rossiyaning qismi bo‘lgani va abadiy shunday bo‘lib qolishini yodda saqlashlari kerak.

Shuningdek, Qodirov Ukraina yangi prezidentiga tarixni o‘rganishni maslahat berdi.

Shu bilan birga, Ramzan Qodirov Vladimir Zelenskiyning inaugurasiya marosimida so‘zlagan nutqini “okean ortidan turib tahrir qilishgan” deb taxmin qildi. U agar Rossiyaga o‘zganing yerlari kerak bo‘lganda, Ukraina allaqachonlardir Rossiya g‘arbidagi viloyat markazi bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

“Lekin Rossiya hech qachon bu ishga qo‘l urmaydi. Biz qardosh ukrain xalqining mamlakat hududiy yaxlitligini hurmat qilamiz”, - deya xulosa qildi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 may kuni Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi. Inaugurasiya marosimida Oliy radani tarqatib yuborishini e’lon qildi.

 

Kiritildi: 16:18 21.05.2019. O'qildi: 3048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!