Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligiga qayta nomzod etib ko‘rsatildi

Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligiga qayta nomzod etib ko‘rsatildi

Rossiyaning hukmron «Yagona Rossiya» partiyasi Ramzan Qodirovni Checheniston Respublikasi rahbari lavozimiga qayta nomzod sifatida ko‘rsatdi.

Rossiya OAVlari xabarlariga ko‘ra, tegishli qaror partiyaning Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bo‘limi konferensiyasida bir ovozdan qabul qilingan.

Ramzan Qodirov Chechenistonni 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U 2007–2011 yillarda respublika prezidenti, 2005–2006 yillarda esa Checheniston hukumati raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Uning rahbarligi davrida respublikada infratuzilmani tiklash va asosiy iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirildi. Jumladan, uy-joylar, avtomobil yo‘llari, ta’lim va tibbiyot muassasalari qurilishi bo‘yicha loyihalar hayotga tatbiq etildi.

Shuningdek, Qodirovning siyosiy faoliyati Rossiya federal kun tartibida faol ishtirok etish hamda respublika va markaziy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bilan ham bog‘liq ekani qayd etilgan.

Kiritildi: 19:12 06.07.2026. O'qildi: 719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!