Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ramazon – 2021: qaysi mamlakatda necha soat ro‘za tutiladi?

A A A
Ramazon – 2021: qaysi mamlakatda necha soat ro‘za tutiladi?

Bu yilgi Ramazon oyi 13 apreldan boshlandi. Sizning kun bo‘yi necha soat ro‘za tutishingiz dunyoning qaysi hududida yashashingizga bog‘liq. Masalan, Chili yoki Yangi Zelandiya singari eng janubiy nuqtalarda joylashgan mamlakatlardagi musulmonlar o‘rtacha 11 soat, Islandiya yoki Norvegiya kabi shimol davlatlarida yashovchilar esa 18 soat ro‘za tutadi.

Bu yil Shimoliy yarimsharda istiqomat qiladigan musulmonlar uchun ro‘za soati qisqaroq bo‘ladi va qisqarish 2032 yilgacha – Ramazon qishki quyosh turishiga (kunduzi eng qisqa, kechasi eng uzoq) to‘g‘ri kelgungacha davom etadi. Shundan keyin ro‘zaning davomiyligi yozgi quyosh turishigacha (kunduzi eng uzoq, kechasi eng qisqa) ortib boraveradi. 

Oylarning sultonida tutgan ro‘zalaringizga O‘zi yengillik bersin, ajr-mukofotini ziyoda qilsin. Alloh Sizni panohida asrasin, duo-ibodatlaringiz qabul bo‘lsin. 

Quyida dunyoning ayrim shaharlarida ro‘za necha soat davom etishi keltirilgan:

  • Nuuk, Grenlandiya: 19-20 soat
  • Reykyavik, Islandiya: 19-20 soat.
  • Xelsinki, Finlyandiya: 18-19 soat
  • Stokgolm, Shvesiya: 17-18 soat
  • Glazgo, Shotlandiya, Britaniya: 17-18 soat.
  • Oslo, Norvegiya: 17-18 soat
  • Kopengagen, Daniya: 17-18 soat
  • Moskva, Rossiya: 17-18 soat
  • Berlin, Germaniya: 16-17 soat
  • Amsterdam, Niderlandiya: 16-17 soat
  • Varshava, Polsha: 16-17 soat
  • London, Britaniya: 16-17 soat
  • Parij, Fransiya: 16-17 soat
  • Nur-Sulton, Qozog‘iston: 16-17 soat
  • Bryussel, Belgiya: 16-17 soat
  • Syurix, Shveysariya: 16-17 soat
  • Buxarest, Ruminiya: 15-16 soat
  • Ottava, Kanada: 15-16 soat.
  • Sofiya, Bolgariya: 15-16 soat
  • Rim, Italiya: 15-16 soat
  • Madrid, Ispaniya: 15-16 soat
  • Lissabon, Portugaliya: 15-16 soat
  • Afina, Gresiya: 15-16 soat
  • Pekin, Xitoy: 15-16 soat
  • Vashington, AQSH: 15–16 soat.
  • Pxenyan, Shimoliy Koreya: 15-16 soat.
  • Anqara, Turkiya: 15-16 soat
  • Rabot, Marokash: 14-15 soat
  • Tokio, Yaponiya: 14-15 soat
  • Islomobod, Pokiston: 14-15 soat
  • Tehron, Eron: 14-15 soat
  • Bag‘dod, Iroq: 14-15 soat
  • Bayrut, Livan: 14-15 soat
  • Damashq, Suriya: 14-15 soat
  • Qohira, Misr: 14-15 soat
  • Quddus: 14-15 soat
  • Kuvayt, Kuvayt: 14-15 soat
  • G‘azo shahri, Falastin: 14-15 soat.
  • Nyu-Dehli, Hindiston: 14-15 soat
  • Gonkong: 14-15 soat
  • Dakka, Bangladesh: 14-15 soat
  • Maskat, O‘mon: 14-15 soat
  • Kobul, Afg‘oniston: 14-15 soat
  • Riyoz, Saudiya Arabistoni: 14-15 soat
  • Doxa, Qatar: 14-15 soat
  • Dubay, BAA: 14-15 soat
  • Adan, Yaman: 13-14 soat
  • Addis-Abeba, Efiopiya: 13–14 soat.
  • Dakar, Senegal: 13-14 soat
  • Abuja, Nigeriya: 13-14 soat.
  • Kolombo, Shri-Lanka: 13-14 soat
  • Bangkok, Tailand: 13-14 soat
  • Xartum, Sudan: 13-14 soat.
  • Kuala-Lumpur, Malayziya: 13-14 soat.
  • Singapur: 13-14 soat
  • Nayrobi, Keniya: 13-14 soat
  • Luanda, Angola: 12-13 soat
  • Jakarta, Indoneziya: 12-13 soat
  • Brazilia, Braziliya: 12-13 soat.
  • Xarare, Zimbabve: 12-13 soat
  • Yoxannesburg, Janubiy Afrika: 11-12 soat.
  • Buenos-Ayres, Argentina: 11-12 soat.
  • Syudad-del-Este, Paragvay: 11-12 soat.
  • Keyptaun, Janubiy Afrika: 11-12 soat.
  • Montevideo, Urugvay: 11-12 soat
  • Kanberra, Avstraliya: 11-12 soat.
  • Puerto-Mont, Chili: 11-12 soat
  • Kraystcherch, Yangi Zelandiya: 11-12 soat.
Kiritildi: 12:16 14.04.2021. O'qildi: 8539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik