Radamel Falkao Kolumbiya terma jamoasining JCH-2026`dagi debyuti oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Amerika Kubogida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, finalgacha yetib borganimizdan so‘ng, Kolumbiya terma jamoasi keyinchalik barchamiz kutgan barqarorlikni namoyish eta olmadi. Jamoa bu o‘yinini mustahkamlab, saralash bosqichini ancha xotirjam o‘tkazadi deb o‘ylagandik. Ammo saralashdagi voqealar rivoji kutilganidek bo‘lmadi va jamoa uchinchi o‘rin bilan yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Terma jamoaning o‘yinidan qoniqmaganlar juda ko‘p va buni tushunsa bo‘ladi, chunki mundial boshlanishidan oldingi kunlarda futbolchilar o‘zlarini ortiqcha xavfga qo‘yishni istashmaydi. Ko‘ngildagidek yetib kela olishmagandir, lekin bu muammo emas.
Muammo birinchi o‘yinda boshlanadi, futbolchilar ruhiy va jismoniy jihatdan tayyor bo‘lishlari kerak. Ortda qolgan ishlar ortda qoldi. Hatto eng ideal holatda yetib kelinganda ham, buning Jahon chempionatiga hech qanday ta’siri bo‘lmasdi, eng muhimi – O‘zbekiston bilan o‘yindan boshlanadi. Jamoada juda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan, faqat ular xuddi 2024 yilgi Amerika Kubogidagidek o‘z o‘yinini topib olishi kerak", dedi 40 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Radamel Falkao Kolumbiya tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi (36 gol). Biroq u terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan.