Quyoshda deyarli ikki oyda ilk bor eng yuqori sinfga oid portlash yuz berdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar qildi.
“So‘nggi chaqnash bugun soat 6:19 da sodir bo‘ldi – darajasi X1.4 (juda kuchli)”, deyiladi Laboratoriya veb-saytida.
Ushbu sinfdagi oxirgi chaqnash 4 fevral kuni qayd etilgan bo‘lib, natijada M va X sinfidagi quyosh chaqnashlari soni bo‘yicha XXI asr rekordi yangilangandi.