Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Quyosh nuri qaysi paytda koronavirusni o‘ldiradi?

Quyosh nuri qaysi paytda koronavirusni o‘ldiradi?

Quyosh nuri D vitaminining tabiiy manbasi bo‘lib, u sog‘liq uchun ko‘plab foydali xususiyatlari bilan bir qatorda yuqumli kasalliklarga qarshi kurashuvchanlikni oshiradi.

AQShning Biologik himoyaga qarshi kurash va tahlil milliy markaz olimlari quyosh nuri SARS-CoV-2 virusini yo‘q qilishi mumkinligini, ammo u quyosh nurlari ta’sir qilish davomiyligi, kengligi va kunning qaysi vaqtida ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqligini aniqladi.

Tajriba davomida tadqiqotchilar virus namunalarini tabiiy yorug‘likni beradigan lampalar ostidagi po‘lat plastinkalarga qo‘ygan. Tajriba natijasida 40 daraja shimoliy kenglikdagi tush paytini eslatuvchi sharoitda virusning 90 foizi so‘lak tarkibida 6-8 daqiqadan so‘ng, hujayradan tashqaridagi muhitda esa 14,3 daqiqa o‘tib o‘z faolligini yo‘qotishi aniqlandi.

Bu jarayon yorug‘lik intensivligi kamroq bo‘lganda ham kuzatiladi, faqat sekinroq amalga oshadi.

Qayd etilishicha, 40 daraja shimoliy kenglikda Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gresiya, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon, O‘rta Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Yaponiya va AQShning janubiy shtatlari to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 08:20 29.05.2020. O'qildi: 7004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!