Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qo‘shrabotda ayol erining jazmanidan vahshiylarcha o‘ch oldi

Qo‘shrabotda ayol erining jazmanidan vahshiylarcha o‘ch oldi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashovchi ayol erining jazmaniga 7 marta pichoq urib, jarohat yetkazdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Qo‘shrabot tumani Qo‘ralos mahallasida yashovchi F.T.ning yashash uyiga unga oldindan tanish bo‘lgan Qo‘shrabot tumani «Do‘stlik» mahallasi «Boqichag‘atoy» qishlog‘ida yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan A.A. kelgan. F.T. va A.A. birgalikda pivo iste’mol qilgan.

9 iyul kuni ertalab soat taxminan 07:00 atrofida D.S. turmush o‘rtog‘i A.A.ni izlab F.T.ning yashash uyiga kelgan. D.S. turmush o‘rtog‘ini F.T. bilan birga bo‘lgan holatini ko‘rgach o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Oqibatda D.S. yashash uyidan o‘zi bilan birga olib kelgan oshxona pichog‘i bilan F.T.ga yetti marotaba zarba bilan urib, unga tan jarohati yetkazib hodisa joyidan ketib qolgan.

Qo‘shrabot tuman shifokorlarining yordami bilan jabrlanuvchi F.T. zudlik bilan operasiya qilinib, uning joni saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda tuman prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:17 15.07.2019. O'qildi: 4578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!