Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qurilayotgan ko‘p qavatli uyda jinoyat sodir bo‘ldi

Qurilayotgan ko‘p qavatli uyda jinoyat sodir bo‘ldi

Jizzax viloyati. 2020 yilning 09 mart kunidan 10 mart kuniga o‘tar kechasi Mirzacho‘l tuman hududida qurilayotgan 4 qavatli uyning bahosi 5.300.000 so‘mlik 4 dona gaz qozoni (kotyol)ni noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida, ushbu jinoyatni 25 yoshli I.A., 27 yoshli X.R. va J.R., lar sodir etganliklari aniqlangan.  09 mart tungi vaqtda ular Mirzacho‘l tumaniga kelishib, tuman hududida joylashgan qurilayotgan binoning ikkita kirish eshiklariga osilgan qulflarni buzib, ichkariga kirib, 4 dona gaz qozoni (kotyol)ni uzlarning boshqaruvida bo‘lgan va avvaldan davlat raqamlarini yechib olishgan Nexia va Lacetti rusumli avtomashinalariga yuklab olib ketishib, jami 22.000.000 so‘m zarar yetkazib, ushbu gaz qozoni (kotyol)ni jami 9 mln so‘mga sotib, pullarni o‘zaro bo‘lishib olganligi aniqlangan. I.A.dan 300.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur xolat yuzasidan Mirzacho‘l tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib. I.A., X.R. va J.R. lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.  

Kiritildi: 08:51 18.03.2020. O'qildi: 3580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!