28 avgust, chorshanba kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi 21 yoshli I.S. mast holda Buvayda tumanida joylashgan «Gulsanam» to‘yxonasida o‘zaro janjal oqibatida 25 yoshli S.T.ni pichoq bilan jarohatlagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada S.T. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.S. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.