Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Qo‘qonda yangi universitet tashkil etildi

Qo‘qonda yangi universitet tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 683-sonli qarori bilan Qo‘qon universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qaror bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Da Vinci” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Qo‘qon shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Qo‘qon universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash va boshqalar Qo‘qon universitetining asosiy vazifasi etib belgilandi. 

Universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amaldagi mavjud ta’lim shakllarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanib, ta’lim faoliyati 2019/2020-o‘quv yilidan boshlanadi.

Qarorga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda universitet tomonidan belgilanadi.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Kiritildi: 08:05 20.08.2019. O'qildi: 15599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!