Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qo‘qonda jinoyatchilar "Tracker" avtomashinasini olib qochdi. Orasida ayol ham bor

Qo‘qonda jinoyatchilar "Tracker" avtomashinasini olib qochdi. Orasida ayol ham bor

Qo‘qonda bir guruh jinoyatchilar "Tracker" avtomashinasini olib qochdi, deb xabar bermoqda  Farg‘ona viloyati IIB axborot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, hodisa 19 sentyabr kuni ro‘y bergan. Bir shaxs va bir ayol shahardagi ko‘p qavatli uy oldidan boshqa kishiga tegishli "Tracker" rusumli avtomashinasini olib qochib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tadbirlar davomidi Qo‘qon shahar, A.Navoiy mavzesi 90-sonli ko‘p qavatli uylar yonidan avtomashina soz xolda davlat raqamlari avtomashina yukxonasidan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi "b" bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatchilardan biriga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kiritildi: 10:00 23.09.2020. O'qildi: 3621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!