Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘qon shahrida avtomashina salonidan pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi

Qo‘qon shahrida avtomashina salonidan pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi

Qo‘qon shahrida fuqaro S.S IIBga murojaat qilib, unda 19 avgust kuni noma’lum shaxs Baynalminal-Jangchilar ko‘chasida qarovsiz qoldirgan «Lasetti» rusumli avtomashinasini salonida bo‘lgan 1.800.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shahar IIB JQB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni I.M sodir etganligi aniqlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:22 02.09.2022. O'qildi: 2357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!